Rossiya Markaziy banki rublning zaiflashishi fonida asosiy stavkani 8,5 foizdan 12 foizga oshirdi. Qaror narx barqarorligini ta’minlash uchun risklarni cheklash maqsadida qabul qilindi, deydi regulyator.
RF markaziy banki va Moliya vazirligi hukumat majlisida xorijiy banklarga mamlakat hududida filiallarini ochishga ruxsat berishni taklif qildi. Biroq tashabbus bilan faqat do‘stona mamlakatlarning kredit tashkilotlari Rossiyada o‘z filiallarini ochishlari mumkin bo‘ladi.
Yevropa Ittifoqi VTB (Rossiyadagi ikkinchi yirik bank), Rossiya banki, “Открытие”, Sovkombank, Novikombank, Promsvyazbank va VEB banklarini SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi. Shuningdek, YeI Rossiyaga yevrodagi banknotlarni sotish, yetkazib berish va eksport qilishni ham taqiqladi.
Yevropa va AQSh Rossiyaga nisbatan yangi “qattiq moliyaviy sanksiyalar” qo‘llashga kelishib oldi. Unga ko‘ra, Rossiyaning sanksiya ostidagi banklari SWIFT tizimidan uzib qo‘yiladi. Shuningdek, Rossiya hukumatiga aloqador shaxslarning xorijdagi aktivlari muzlatiladi.
Yaqinda O‘zbekistonning «O‘zagroeksportbank» bankini sotib olgan va sanksiyalar ostida qolgan Rossiyaning «Sovkombank» banki valyuta ayirboshlash, xorijiy valyutadagi depozitlarni qabul qilish va valyuta o‘tkazmalarini amalga oshirishni to‘xtatdi. Bundan tashqari, ushbu bank kartalaridan Apple Pay va Google Pay to‘lov xizmatlarida foydalanib bo‘lmaydi.
Buyuk Britaniya tomonidan Rossiyaning beshta bankiga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi munosabati bilan, ushbu banklarda ro‘yxatdan o‘tgan hisob raqamlariga o‘tkazilgan har qanday mablag‘lar qaytarilishi yoki muzlatilishi mumkin. InfinBank matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ushbu holat bo‘yicha aniq ma’lumotlar yoki aniq ssenariylar yo‘q. «Bank o‘z mijozlarini ushbu holat bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishga qaror qilgan», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting